Avvalgi «Manchester Siti» kapitani Bernardu Silva yangi mavsumdan boshlab Madridning «Real» jamoasida o'ynaydi.

Portugaliyalik o'yinchi «sutli» jamoaga erkin agent sifatida o'tadi, ammo bitim mutlaqo bepul bo'lmaydi:  El Confidencial ma'lumotlariga ko'ra, «Real» o'yinchiga va uning agenti Jorje Mendeshga 10 million evro miqdorida imzo bonusini to'laydi. Yarimhimoyachining «qirollik» klubidagi maoshi ham yillik taxminan 10 million evro bo'ladi.

Bernardu Silva rasmiy ravishda Joze Mourinyo jamoasiga iyul oyida qo'shiladi. Avvalroq, futbolchi to'qqiz yil davomida «Manchester Siti» jamoasida o'ynagan va 2025/26 mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.