Kataloniyaning «Barselona» Ispaniya chempionatidagi navbatdagi o'yinda «Xetafe»ga qarshi uchta javobsiz gol urdi va o'z hisobini sakkiz turda 34 gacha yetkazdi.

Bu - Ispaniya chempionatida so'nggi sakson besh yil ichida eng yaxshi natija bo'lib, 1940/1941 yilgi mavsumda «Sevilya» 41 gol urganidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir. Shuningdek, 1930/1931 yilgi mavsumda «Atletik» Bilbao 34 gol urgan.

Kelgusi o'yinida Kataloniya gigantiga «Betis»ga qarshi Sevilyada o'ynash kerak - bu juda kuchli raqib. Hozirda ular to'rtinchi o'rinda turibdi va yetti gol o'tkazib yuborgan - aynan shuncha golni hozirgi kunga qadar «Barselona» ham o'tkazib yuborgan.