«Barselona» hujumchisi Rafinyo jamoaga yordam bera olmaydi, chunki u Braziliya terma jamoasi safida jarohat oldi. Kataloniyalik jamoaning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik kecha Rafinyo nafaqat «Xetafe»ga qarshi La Liga o'yinini, balki «Galatasaray»ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinini ham o‘tkazib yuborishini ma’lum qilgan.

«Barselona» prezidenti Joan Laporta so‘zlariga ko‘ra, Rafinyo «PSJ»ga qarshi o‘yin uchun tayyor bo‘ladi.

«Shifokorlar bizga Rafinyo «PSJ»ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishini aytishdi», - deydi Laporta The Touchline'ga.

«Barselona» Chempionlar Ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi mehmon o‘yinini 20-oktabr, seshanba kuni o‘tkazadi.