«Real» bosh murabbiyi Jozef Mourinyo Viniyus Junior, Kilian Mbappe va Yan Diomande bir vaqtda maydonga tushishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

- Men Diomande boshlang'ich tarkibda o'ynaydimi yoki yo'qmi, degan savolga javob bermayman. Men yolg'on gapirmayman va kim o'ynashini oshkor qilmoqchi emasman. Bizda hujumda ko'p sifatli futbolchilar bor, lekin hammasi bir vaqtning o'zida maydonga tushishi mumkin emas. Biz uch yoki hatto to'rtta hujumchi bilan o'ynashimiz mumkin. Masalan, «Elche»ga qarshi oxirgi besh daqiqada maydonda oltita hujumchi bo'lgan edi, - dedi portugalik mutaxassis.

- Lekin muvozanatli o'yin haqida gapirganda, biz bir vaqtning o'zida oltita yoki yetti bunday futbolchini maydonga chiqarishimiz mumkin emas. Viniyus, Diomande va Mbappe birga o'ynashi mumkin. Men ularga yana biror kishini qo'shgan bo'lardim. Lekin hammasini bir vaqtning o'zida maydonga tushirish imkoni yo'q, - deya Mourinyo so'zlarini keltirmoqda AS.

«Real»ning yaqinlashib kelayotgan o'yini 10-oktabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi.