«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Xetafe»ga qarshi o'yinda qaysi darvozabon o'ynashi haqida savolga javob berdi.
Avvalroq, kataloniyaliklarning asosiy darvozaboni Joan Garciya bir necha hafta avval olgan jarohatidan keyin noqulaylik his qilayotganligi haqida xabar berilgan edi.
«Biz har doim boshlang'ich tarkibning turli variantlarini ko'rib chiqamiz. Biroq bugun biz juda ijobiy jihatlarni ko'rdik, shuning uchun men o'ylaymanki, Joan Garciya o'yinning boshidan maydonga tushadi», — dedi nemis mutaxassisi jurnalistlarga.
Joriy mavsumda 25 yoshli Garciya barcha musobaqalarda yetti o'yin o'tkazdi, olti gol o'z darvozasidan o'tib ketdi va uch marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Ispaniya chempionatining sakkizinchi turida «Barselona» «Xetafe»ni qabul qiladi. O'yin 10 oktyabrda bo'lib o'tadi.
