Kataloniyaning «Barselona» klubi Lionel Messining Argentina milliy jamoasi uchun o‘tkazgan xayrlashuv o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Pekindagi oltindan boshlab, har bir qadamda «albiselesete» bilan tarix yozgan unutilmas karerang bilan tabriklaymiz. Leo, sen Argentina jamoasining formasini yanada afsonaviy qilmoqdasan!» - deyiladi «sine-granatovlar» matbuot xizmatining e’lonida.

Messi «Barselona»ning tarbiyalanuvchisi bo‘lib, u 2005 yildan 2021 yilgacha Kataloniya jamoasida o‘ynagan.

Messining xayrlashuv o‘yinida Argentina jamoasi Benin ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 39 yoshli hujumchi o‘z hisobiga bir gol va ikki assist yozdirib qo‘ydi.