Madriddagi «Real» yarim himoyachisi Arda Guler Transfermarkt'dagi o'yinchilar bozor qiymati yangilanishi natijasida 100 million yevro belgisiga yetdi.

21 yoshli futbolchi 10 million yevro qo'shish bilan tarixda bozor qiymati to'qqiz raqamli belgisiga yetgan birinchi turk futbolchisi bo'ldi. Guler «Real» safida muvaffaqiyatli mavsum boshlashi bilan e'tirof etildi: 7 o'yinda 4 ta samarali harakatni amalga oshirdi.

2023 yilda «Fenerbahce»dan madrid klubiga o'tganidan beri yarim himoyachining bozor qiymati deyarli 7 baravarga oshdi (15 milliondan).

Tarixdagi eng qimmat turk futbolchilari orasida ikkinchi o'rinda «Yuventus» qanot o'yinchisi Kenan Yildiz 75 million yevro ko'rsatkichiga ega. «Ayntraxt»dan Can Uzun 45 million yevro baholangan holda Hakan Calhanoglu va Caglar Soyuncu bilan uchinchi o'rinni bo'lishmoqda. Calhanoglu 2024 yilda «Inter»da, Soyuncu esa 2021 yilda «Lester»da shu ko'rsatkichga erishgan.