Braziliyalik hujumchi Rafinya Dias «Barselona» bilan yangi ish shartnomasini imzoladi. Ushbu ma'lumotni ishonchli manba Fabrizio Romano e'lon qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, Rafinya «Barselona» bilan shartnomasini 2030 yilning iyunigacha uzaytirdi. Barcha hujjatlar allaqachon rasmiylashtirilgan va imzolangan. Agar hamma narsa reja bo'yicha ketsa, rasmiy e'lon juma kuni bo'lib o'tadi.
«Barselona» Rafinyani 2022 yilda inglizning Lids klubidan 60 million evro atrofida xarid qilgan. Ushbu mavsumda 29 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda sakkiz uchrashuvda 14 gol urdi va uch assist berdi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari Rafinyani 70 million evroga baholamoqda.
