«Lill» jamoasining bosh murabbiyi Davide Anchelotti bir kun Madridning Real jamoasini boshqarishni xohlaydi.
Italiyalik mutaxassis avvalroq otasining Real klubidagi yordamchisi bo'lib ishlagan.
«Bosh murabbiy sifatida Realga qaytish – mening orzum, lekin bunday imkoniyatni qozonish kerak. Bu faqat Realga bog'liq emas, balki o'zimga, murabbiylik faoliyatimdagi muvaffaqiyatlarimga ham bog'liq. Hozircha men bunday klub murabbiyi bo'lishi kerak bo'lgan darajaga yetganim yo'q. Bu daraja g'alabalarga erishish orqali shakllanadi. Fikrlar va falsafalar haqida kun bo'yi muhokama qilish mumkin, lekin asosiy narsa – g'alaba qozonish», – deydi Anchelotti-masl. Madrid Universal.
37 yoshli murabbiy boshqaruvidagi Lill jamoasi 5 turdan so'ng 10 ochko to'plab, Liga 1 musobaqasida to'rtinchi o'rinda turibdi.
