UEFA «Barselona»ning sobiq sudyalar texnik qo'mitasi vitse-prezidentiga to'lovlari bilan bog'liq bo'lgan «Negreyra ishi»ni o'rganmoqda. Haftaning o'zida UEFA Madridning Real klubidan ushbu ish bo'yicha hujjatlarni olganini e'lon qildi – matbuot ma'lumotlariga ko'ra, madridliklar taxminan 50,000 sahifadan iborat hujjatlarni yuborgan va raqiblariga jazo berilishiga ishonmoqda.

Marca nashriga tayanib, The Touchline xabar berishicha, «Barselona» Chempionlar ligasidan vaqtinchalik chetlatilishidan xavotirda. UEFA «Negreyra ishi» bo'yicha yakuniy qarorni kutmasdan, Kataloniya klubiga vaqtinchalik jazo qo'llashi mumkin.

Shuningdek, «Real» prezidenti Florentino Peres «Barselona»ga qasos olishga qaror qildi Superliga tufayli.