Avvalgi «Real» murabbiyi Davide Anchelotti «Jozef Mourinyo» boshqaruvidagi jamoaning o'yini haqida fikr bildirdi.
«Men har bir fikrimni «Real»ga nisbatan tanqid sifatida qabul qilinishini xohlamayman, lekin maydonda Modrich yoki Kross bo'lganda, to'p har doim bo'sh zonalarga yetkazilardi. Men hozirgi «Real» futbolchilarini tanqid qilmoqchi emasman, lekin vertikal futbol uchun aniq uzatmalar berishni biladigan o'yinchi kerak», — deydi Anchelotti Diario AS gazetasiga bergan intervyusida.
Yetti turdan so'ng «Real» Ispaniya La Ligasi bo'yicha to'rtinchi o'rinda joylashgan va 15 ochko to'plagan. Mourinyo jamoasi «Barselona»dan olti ochko ortda qolmoqda.
Davide Anchelotti: «Hozirgi «Barselona» meni qiziqtiradi»
Davide Anchelotti: «Real» o'z pozitsiyasida dunyodagi eng yaxshi o'yinchisini yo'qotdi»
