Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safida olgan jarohatidan tiklanmoqda. Yulduz futbolchi Parijdagi kechki klubda qiz do'sti bilan paydo bo'lgan. Matbuotda «Real» Mbappe'ga o'z vatanida dam olishga ruxsat berganini, chunki futbolchiga hozirda tinchlik kerakligi va uning klub bazasida bo'lishi shart emasligini yozgan.

Shunga qaramay, Mbappe tanqidga uchradi – muxlislar va jurnalistlar fransuzning professionalizmini yana bir bor savol ostiga qo'ydilar.

Marca jurnalisti David Sanches Mbappeni tanqid qilganlardan biri bo'ldi. Sanchesning so'zlariga ko'ra, Kilian muxlislarning e'tiborini qozonishi uchun «Real» bazasiga kelishi va tiklanish dasturiga rioya qilishi kerak edi. Ammo forvard avval ham ko'ngilochar joylarda paydo bo'lgan, bu esa uning imijiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Juanma Kastanyo ham Cope radiosida bunday fikrni qo'llab-quvvatladi. U Mbappening «Real»ga qaytishi va muxlislarga o'z sadoqatini ko'rsatishi kerakligini ta'kidladi.

«Real»ning yaqinlashayotgan o'yini 10 oktyabrda «Vilyarreal»ga qarshi bo'lib o'tadi.