«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias jarohati sababli Braziliya terma jamoasidan erta qaytib keldi.

O'yinchining muammosi jiddiy emas va u yaqinlashib kelayotgan La Ligadagi «Xetafe» ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Biroq, nemis murabbiyi Hans-Diter Flik kapitanni oktabr oyidagi muhim o'yinlar uchun saqlab qolishi mumkin. Barca Universal ma'lumotlariga ko'ra, Flikda hujumchi pozitsiyasida oltita muqobil variant mavjud: Gabriel Jezus, Hamza Abdelkarim, Entoni Gordon, Dani Olmo, Fermin Lopes va Lamin Yamal.

Rafinya Dias xalqaro tanaffusgacha «sine-granat» jamoasida sakkiz o'yinda 14 gol urib, uchta golli uzatma berdi.