«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias Braziliya terma jamoasi safida jarohat oldi.
29 yoshli futbolchi Avstraliya bilan o'yin davomida birinchi bo'limdan keyin almashtirildi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, hujumchi jiddiy jarohat olmadi, lekin mushaklarida shish bor. Sport ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» Rafinya uchun xavotirda emas: u o'z jarohati unchalik jiddiy emasligini anglatdi va almashtirish faqat ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirildi. Agar kutilmagan holatlar yuz bermasa, «ko'k-qizillar» sardori jamoaning 10 oktyabrda «Xetafe»ga qarshi bo'ladigan La Liga o'yinida ishtirok etishi mumkin.
Rafinya klub talabiga binoan Braziliya terma jamoasi safidan erta qaytib keldi. Yaqin kunlarda futbolchi qo'shimcha tekshiruvlardan o'tadi.
