O'rta maydonchi «Real»ning Arda Gyuleri sentyabr oyida madrid klubining eng yaxshi o'yinchisi deb e'tirof etildi. Bu haqda Managing Madrid. xabar bermoqda.

21 yoshli turk futbolchisi jamoaning mavsum boshidagi eng ta'sirchan o'yinchilaridan biriga aylandi va gol imkoniyatlarini yaratishda yuqori ko'rsatkichlarni namoyish etdi.

Mavsum boshida Gyulerning «Real»ning asosiy tarkibida o'rni savol ostida edi, ammo futbolchi asosiy jamoada o'z o'rnini egallab, Jud Bellingham bilan o'zaro aloqani yaxshilashga muvaffaq bo'ldi.

Hozirda Gyuler Turkiya terma jamoasida. Sentyabr oyida uning jamoasi Fransiya va Italiyadan ikkita mag'lubiyatga uchradi. Turkiya keyingi Liga millatlari o'yinlarini oktyabr oyining boshida Belgiya va Italiya bilan o'tkazadi.