Xosep Gvardiola «Manchester Siti»da o'n yil ishlaganidan so'ng ijodiy ta'tilda. Hozirda Ispaniyalik murabbiy qaytish niyatida emas, ammo uzoq vaqt ish qilmaslikni ham rejalashtirmagan.
El Nacional nashrida Xosep Gvardiola va «Barselona» prezidenti Joan Laporta o'rtasida suhbat haqida ma'lumot berilgan. Suhbatda Gvardiolani klubda biror lavozimga tayinlash, masalan, akademiyani boshqarish yoki Deku va Krkich bilan birga sport bo'limida ishlash imkoniyati muhokama qilingan.
Biroq, Gvardiola bunday taklifni rad etdi. Uning maqsadi – yaqin kelajakda murabbiylik faoliyatiga qaytish. Xosep, shuningdek, biror davlat terma jamoasini boshqarishni afzal ko'radi, deb ta'kidlaydi «Gazeta.Ru».
Oldinroq, Xosep Gvardiolani murabbiy sifatida «Trabzonspor» olishga harakat qilgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
