Braziliya terma jamoasi do'stlik o'yinida Avstraliyani 4:2 hisobida mag'lub etdi. «Selesao»ning to'rt golidan ikkita penaltidan keldi. Birinchi bo'limda Rafinya, ikkinchi bo'limda esa Viniyisius Junior penaltini amalga oshirdi.
O'yindan so'ng Viniyisius o'yin oxirida penaltini urish uchun nima sababdan tanlanganini tushuntirdi.
«Rafinya maydonda bo'lmaganda, bizning penaltimizni Bruno Gimaraes uradi. Lekin u biladi, hozirda menga ishonch kerak», - deya Viniyisiusning so'zlarini The Touchline keltirmoqda.
Shuni ta'kidlash joizki, Viniyisius hozirda eng yaxshi formasida emas. Braziliyalik futbolchi «Real»da joriy mavsumda sakkiz o'yinda faqat bitta gol urdi.
