Ispaniyalik jurnalist Mariya Trisak «Oltin to'p» taqdirlash marosimi haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, Kilian Mbappe va Lamin Yamal mukofotni so'rab olmoqda.

«Biz Ronalduni o'zini eng yaxshisi deb ataganini ko'p marta eshitdik. Ammo men hech qachon u yoki Leo Messi mukofotni shunday so'rashayotganini ko'rmaganman. Men hech qachon Lionel va Kristianoning: «Menga «Oltin to'p» bering», deb aytayotganini ko'rmaganman.

Hozirda Ispaniya terma jamoasi murabbeyi de la Fuente ham o'z jamoasidagi o'yinchi uchun mukofotni olishni xohlaydi. Biz mukofotni shunchaki so'rab olishga kelib qoldik», - deydi jurnalist El Chiringuito TV orqali.

Oltin to'p taqdirlash marosimi 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadi.