El Nacional nashrida «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning qiyin qaror qabul qilishi haqida ma'lumot berilgan. Germaniyalik murabbiy yarim himoyachi Frenki de Yongdan voz kechishi mumkin.
29 yoshli de Yong jarohatdan qaytishga yaqinlashmoqda, lekin «Barselona» uni juda sog'inmadi – jamoa gollandiyaliksiz ham a'lo natijalar ko'rsatmoqda. Rodri va Pedri asosiy o'yinchilar sifatida mustahkam o'rin egallashdi, Mark Bernal va Gavi esa Flikning ishonchini qozondi.
Shu holatda de Yong ortiqcha bo'lib qolishi mumkin – «Barselona»da Frenki karerasining eng yuqori cho'qqisi allaqachon o'tgan deb hisoblashmoqda. Biroq, kataloniyaliklar gollandiyalikni arzon narxda sotmaydi. «Sine-granatoviylar» 60 million evro atrofida daromad olishni maqsad qilgan.
Frenki de Yongga qiziqish bildirayotgan yuqori darajadagi klublar orasida «Manchester Yunayted», «Bavariya», «Liverpul», «Chelsi» va «PSJ» mavjud.
