Madridning «Real» futbolchisi Din Xuyysen «Barselona» kuchli jamoa deb hisoblaydimi, degan savolga javob berdi.
— Ha, shunday deb o'ylayman. Men ularning o'yinlarini tez-tez tomosha qilmayman, lekin hozirda ular haqiqatan ham kuchli ko'rinadi, — dedi Xuyysen OkDiario intervyusida.
«Barselona» yangi mavsumda Ispaniya chempionatida boshlanishidan beri barcha yetti o'yinini yutdi va 21 ochko to'pladi. Hozirda Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida ishonchli yetakchilik qilmoqda.
Kataloniyaliklar boshlang'ich bosqichda 31 gol urishdi — bu «Real»dan deyarli ikki baravar ko'p. Shuningdek, «ko'k-qizillar» faqat yetti gol o'tkazib yubordi.
Bir oy o'tgach, 25 oktyabrda «El Klasiko» bo'lib o'tadi — «Barselona» «Real»ni «Kamp Nou»da qabul qiladi.
