Avvalgi «Barselona» hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zining sevimli faol futbolchisini aytib o'tdi.

Netflixdagi «Cold as Balls» shousida olib boruvchi Kevin Hart Ibragimovichdan hozirgi o'yinchilar orasidan kimni eng ko'p qo'llab-quvvatlayotgani haqida so'radi.

«Agar tanlash kerak bo'lsa, men Yamalni aytardim. Hozirda u mening yigitim», - dedi Ibragimovich.

Shu bilan birga, shved o'z tanlovini «Oltin to'p» ovoz berish bilan bog'lamadi. Avvalroq Yamalni mukofotga nomzod sifatida qo'llab-quvvatlaganlar orasida «Barselona» vakillari Joan Laporta va Rafa Yuste, shuningdek, boshqa futbolchilar ham bor edi.

Yangi mavsumda Yamal 8 ta rasmiy o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.