Mashhur tennischi Carlos Alkaras «Real» haqida fikr bildirdi, u bu jamoaning muxlisi hisoblanadi.
«Hozirda o'yinlarni tomosha qilishdan azob chekmoqdaman, chunki nima bo'lishini hech qachon bilmayman. Jamoaga ko'proq intensivlik kerak deb o'ylayman.
Bu «Real». U yerda buyuk o'yinchilar, iste'dodli futbolchilar bor. Hozirda boshqa jamoalar yaxshiroq o'ynayotganini ko'ryapman. Jamoa sifatida ular yaxshiroq o'ynashlari mumkin. Ular bir narsani yaxshilashlari kerak», - dedi Alkaras Stats Perform'ga.
«Real» yetti turdan so'ng 15 ochko bilan Ispaniya chempionatida to'rtinchi o'rinda turibdi. Yuqorida «Betis» (16 ochko), «Atletiko» (16) va «Barselona» (21) joylashgan.
