Deportivo hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang o'ng tizzasidan jarohat oldi va operatsiya o'tkazadi. 37 yoshli forvard taxminan ikki oy davomida maydondan chetda bo'lishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca.

O'ng tizzadagi og'riqlar Betis bilan o'yindan (1:1) so'ng kuchaygan. Obameyang magnit-rezonans tomografiyasidan o'tdi, bu esa meniskning qisman yirtilishini aniqladi. Futbolchi 24 sentyabrda Madridda operatsiya qilinadi. Mashg'ulotlarga qaytish muddati tiklanish dinamikasiga bog'liq bo'ladi.

Musobaqa boshlanishida Obameyang ajoyib holatda edi: uning hisobida 5 gol va 2 golli uzatma bor.