Markaziy himoyachi Andreas Kristensen chap son mushaklaridagi muammolar tufayli ikki oygacha o'yinlarda qatnasha olmaydi. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.

Avvaliga 30 yoshli futbolchini tiklanishi uchun to'rt dan olti haftagacha vaqt kerak bo'lishi aytilgan edi, ammo Daniya futbolchisi bilan yaqin manbalar jarayon ikki oygacha cho'zilishi mumkin deb hisoblamoqda. 

Eslatib o'tamiz, Kristensen «Sevilya»ga qarshi (3:1) o'yinda jarohat oldi va ikkinchi taymda o'z o'rnini egalladi. Yangi mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda jami yetti o'yin o'tkazdi va bir assist berdi.

Yetti turdan so'ng, «Barselona» Ispaniya chempionati jadvalida 21 ochko to'plab, yetakchilik qilmoqda.