Fransiyaning «PSJ» sobiq futbolchisi Jerom Roten portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo'ning Madridning «Real» klubidagi bosh murabbiylik faoliyatini baholadi.
«U hech narsa o'zgartirmadi. Hatto jamoasini derbiga tayyorlashga ham muvaffaq bo'lmadi. O'tgan o'yinda «Atletiko» futbolchilari g'azablangan kabi edi. Buni «Real» haqida aytish qiyin. Mourinyo faqat maosh uchun keldimi?!», - deb aytgan fransuzning so'zlarini Rothen s'enflamme akkaunti orqali yetkazdi.
Eslatib o'tamiz, «Real» oxirgi o'yinida «Atletiko»ga 1:2 hisobida yutqazdi.
Ispaniya chempionatining yettinchi turidan so'ng Mourinyo boshqaruvidagi jamoa Kataloniyaning «Barselona» klubidan olti ochko ortda qolmoqda.
