«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe «Zolotoy myach»ni qo'lga kiritishni xohlayotganini yashirmayapti. Fransuz futbolchisi bu mukofotni kelasi oyda olish imkoniyatiga ega – Mbappe asosiy da'vogarlar qatoriga kiradi.
Oxirgi paytlarda Mbappe «Zolotoy myach» haqida bir qator intervyular berdi. Shunday intervyulardan birida Kilian o'zining afrikalik ildizlarini unutmadi va mukofotni Afrikaga bag'ishlashni xohlayotganini aytdi.
The Touchline nashrining FranceTVga tayanib xabar berishicha, Mbappening atrofidagi odamlar RFIga murojaat qilib, afrikalik auditoriyaga mo'ljallangan intervyu tashkil etishni so'ragan. Kilianning jamoasi jurnalistdan forvardning «Zolotoy myach» uchun raqobatchilari haqida gapirmaslikni va fransuz siyosati kabi nozik mavzularni ko'tarmaslikni iltimos qilgan.
Shuni ta'kidlash kerakki, Afrikaga «Zolotoy myach» ovoz beruvchilarning taxminan 20% i to'g'ri keladi.
Mukofot 26-oktyabrda Londonda topshiriladi.
