«Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe avvalroq «Oltin to'p» haqida bir nechta bayonotlar bergan edi. Yulduz hujumchi, ushbu mukofotni «Real»ga qaytarish istagida ekanligini aytgandi. Endi Mbappe bu mavzuda yangi izoh berdi.
«Odamlar bu mavzuda gapirganimdan norozi bo'lishdi. Men bunga rozi bo'ldim, endi kutamiz», - deydi Mbappe The Touchline nashriga.
«Oltin to'p» 2026 yilda Londonda taqdim etiladi. Taqdimot marosimi 26-oktabrda bo'lib o'tadi. Kilian Mbappe o'zining gollar urish qobiliyati tufayli favoritlar qatorida. Biroq, bu yilda fransuz hujumchisi «Real» va Fransiya bilan mukofotlar qo'lga kiritmagan.
