Mashhur jurnalist Tomas Ronsero Ispaniya chempionatidagi hakamlar ishidan noroziligini bildirdi.

Yakshanba kuni Madrid derbisi bo'lib o'tdi, unda «Atletiko» «Real»ni (2:1) mag'lub etdi. Birinchi bo'lim oxirida hakam «matraschilar» foydasiga bahsli qaror qabul qildi, Li Kan-Inni Federiko Valverde bilan qattiq to'qnashuv uchun qizil kartochka ko'rsatmay qoldi. O'yin tugagach, Hakamlar qo'mitasi rasmiy ravishda hakamning xato qilganini tan oldi.

«Bunday hakamlar bilan «Real» La Ligani yutolmaydi – bu imkonsiz. Chempionatdagi hakamlarning 90% «Real»ni yomon ko'radi. Bu liga «Barselona» va «Atletiko» manfaatlari uchun ishlaydi, lekin albatta «Real» uchun emas», – deydi Ronsero Barca Universalga.

«Barselona» yetti turdan so'ng 21 ochko to'plab, jadvalda birinchi o'rinda bormoqda, keyingi o'rinlarda «Atletiko» va «Betis» (16 ochko) joylashgan, «suvli»lar esa to'rtinchi o'rinda (15 ochko).