Ispaniya chempionatining oltinchi turidagi markaziy o‘yinda «Atletiko» mahalliy raqibi «Real» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Matraschilar»ning tajribali o‘yinchisi Koke bu o‘yinda «Real»ga qarshi 28-martini o‘tkazdi. Shu tariqa, u Madridning «Real»iga qarshi o‘tkazilgan 27 o‘yinda maydonga tushgan Abelarod Rodriguezning avvalgi rekordini yangiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, g‘alaba qozonib, Madridning «Atletiko»si Kataloniyaning «Barselona»siga asosiy raqib sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Hozirda Diego Simeone boshqaruvidagi jamoa katta klubdan besh ochko ortda qolmoqda. Keyingi o‘yinda «Atletiko» «Alaves»ga qarshi safarda o‘ynaydi.