«Barselona» himoyachisi Andreas Kristensen jarohat olib, safdan chiqdi. Katalon klubi 30 yoshli futbolchining tibbiy ko‘rik natijalarini rasmiy ravishda e’lon qildi.

Daniyalik futbolchida chap son mushaklarining cho‘zilishi aniqlangan. «Barselona» tiklanish muddatini aniq ko‘rsatmagan.

Kristensen jarohatni 19 sentyabrda «Sevilya»ga qarshi Ispaniya chempionati doirasidagi safar o‘yinida oldi. Markaziy himoyachi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi, lekin ikkinchi taymda o‘rnini egalladi. Katalonlar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik uchrashuvdan so‘ng futbolchi bir necha hafta maydonga tusha olmasligini ma’lum qildi.

«Barselona» «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.