«Barselona» vingeri Lamin Yamal bolaligida Neymarning o‘yinidan qanday ilhomlanganini esladi.
«Mening uchun har doim baxtli bo‘lish muhim edi, Neymar esa baxtni tarqatadigan futbolchining ideal timsolidir. Uning o‘yinini tomosha qilib, zavq olasiz. Bolaligimning deyarli barcha vaqtida men Neymarning dribling videolarini tomosha qilib, keyin esa uning gollarini ko‘rardim. U juda maxsus futbolchi edi», - deydi Yamal The Touchline bilan bo‘lgan intervyusida.
34 yoshli Neymar hozirda o‘z vatanida «Santosh» jamoasi safida o‘ynaydi. Avvalroq braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistonida «Al-Hilal» jamoasida, Evropada esa «PSJ» va «Barselona» jamoalarida o‘ynagan.
