«PSJ»ning bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani kuchaytirish ustida o'ylamoqda. «Barselona»dagi Alejandro Baldening muammolarini ko'rib, Enrike Parij klubining prezidenti Nasser al-Xelaifi bilan transfer imkoniyatlarini muhokama qilishni so'radi.
«PSJ»ning asosiy chap himoyachisi Nuno Mendesh hisoblanadi. Biroq, Enrike bu pozitsiyaga raqobat, rotatsiya va intensivlikni saqlash uchun yangi o'yinchi qo'shmoqchi.
«PSJ» murabbiyi Baldening hali ham katta rivojlanish potentsialiga ega deb hisoblaydi. O'yinchining «Barselona»dagi muammosi, asosan, o'yinchi darajasidan emas, balki Hans-Diter Flikning talablaridan kelib chiqadi – nemis murabbiyi boshqa qanot himoyachilarini, xususan, markazga o'tib, qanotning kengligini qanot o'yinchilariga qoldiradiganlarni afzal ko'radi.
«Barselona»ga Alejandro Balde uchun taxminan 40 million evro taklif qilish, «Barselona»ni muzokaralar stoliga o'tirishga majbur qilishi mumkin, deb yozadi El Nacional.
