«RB Leypsig» va «Milan» hujumchi Kristofer Nkunkuning transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishdi.

Germaniya klubi fransuzni «rossoneri»dan 3,5 million evro evaziga ijaraga oladi, keyinchalik esa 30 million evro atrofida sotib olish imkoniyatiga ega, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda. Bitim og‘zaki ravishda tasdiqlangan – endi hujjatlarni rasmiylashtirish qolgan. O‘z navbatida, hujumchi avvalroq «qizil buqalar»ga o‘tishga rozilik bergan edi.

Kristofer Nkunku 2019 yildan 2023 yilgacha «RB Leypsig»da o‘ynab, 172 o‘yinda 70 gol va 56 assist bilan ajralib turdi. 2023 yilda hujumchi «Chelsi»ga o‘tdi, 2025 yildan esa «Milan» ranglarini himoya qilmoqda.