«Benfika» «Bavariya» bilan yarim himoyachi Joau Palyinyo transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Mashhur insayder Fabrizio Romano ma'lum qilishicha, Lissabon klubi 31 yoshli futbolchi uchun 14 million evro to'laydi. Myunxen klubi esa yana 5 million evro bonus olish imkoniyatiga ega. Palyinyo o'z o'tishini tasdiqladi. Kelishuvni yakunlash uchun tomonlar yaqin kunlarda zarur hujjatlarni almashishlari kerak.
Palyinyo «Bavariya»ga 2024 yil yozidan beri tegishli. O'tgan mavsumda yarim himoyachi Angliyada «Tottenhem»da ijarada o'ynadi.
