«Ajax» nemis klubi «RB Leypsig» himoyachisi Lyutsarel Gertroyda bilan qiziqmoqda, ammo 26 yoshli futbolchi uchun raqobatda hozirda «PSV» afzalroqdir. Bu haqda Voetbal Primeur xabar bermoqda.

«Ajax» allaqachon «Leypsig» va Gertroyda bilan bog'lanib, muzokaralar olib borgan. Amsterdam klubi bitta transfer orqali ikki muammoni hal qilishni rejalashtirmoqda: himoyani kuchaytirish va markaziy yarim himoyachi pozitsiyasiga o'yinchi topish.

«PSV» transfer bo'yicha ishlarni ancha oldin boshlagan. Eyndxovenniklar futbolchining atrofidagi odamlar bilan iyun oyida bog'lanib, muzokaralarda afzallikka ega bo'lishdi.

Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Klublarga transfer shartlari bo'yicha kelishish kerak. Transfermarkt versiyasiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evrodir.