Hozirgi paytda qanot hujumchisi Yan Diomande «RB Leypsig»dan «Real»ga o'tishi kutilmoqda. Biroq, 19 yoshli ivoriylik futbolchini boshqa top-klublar, xususan, «PSJ» bilan ham bog'lashgan.

The Touchline nashrining jurnalisti Romen Molinaga tayanib xabar berishicha, «PSJ» Diomande bilan bog'liq shartnoma uchun moliyaviy talablaridan voz kechgan. Faqatgina imzo uchun bonus va komissiya to'lovlari taxminan 20 million evro atrofida bo'lishi kerak edi.

Avvalroq, mashhur insayder Fabrizio Romano shunday ma'lumot bergan edi: Yan Diomande «Real»ga o'tishi haqida shubha yo'q.

Yan Diomande mutaxassislar tomonidan Transfermarkt portalida 90 million evroga baholangan.