«Bavariya»ning faxriy prezidenti Uli Xones, Maykl Olisening Madridning «Real»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Fransiyalik qanot o‘yinchisi uzoq vaqt davomida «qirollik» klubining prezidenti Florentino Peres uchun ustuvor transfer maqsadi hisoblangan.

«Men kulgidan qiyin ahvolda edim. Olisening shartnomasi yana uch yil davom etadi, shuning uchun bu yerda muhokama qiladigan hech narsa yo‘q. Bizga Xitoy imperatori ham kelsa, Olise bo‘yicha muzokara olib bormaymiz. Bu Luisa Diasga ham tegishli. Bizda Olise, Keyn va Diasdan iborat eng yaxshi hujumchi trio bor. Biz ularning hech birini sotish haqida o‘ylamaymiz», – deydi Xones Bayern & Germanyga bergan intervyusida.

Maykl Olisening bozor qiymati Transfermarkt portaliga ko‘ra 170 million yevro deb baholanmoqda.