Yarim himoyachi Kerim Alaybegovich karerasini «Yuventus»da davom ettiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarida insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Turin klubi leverkuzenlik «Bayer» bilan va o'z futbolchisi bilan transfer bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi. 18 yoshli bosniyalik futbolchining transferi summasi bonuslar bilan birga 35 million evroni tashkil etadi.
O'tgan mavsumda Alaybegovich avstriyalik «RB Zaltsburg» uchun o'ynadi. U barcha musobaqalarda 44 marta maydonga tushdi, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Alaybegovich «Zaltsburg» tomonidan «Bayer»dan 2 million evroga sotib olingan edi, bir mavsum o'tgach leverkuzenliklar qaytarish opsiyasidan foydalangan holda 8 million evro to'lashdi.
