«Shalke» yarim himoyachi Jesper Lindstromni «Napoli»dan o'tkazishga yaqin. Buni Sky Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar ilg'or bosqichga o'tdi. 26 yoshli daniyalik futbolchi Gelsenkirxen klubiga ijaraga qo'shilishi kutilmoqda.
Oldinroq, bitim tomonlar o'rtasida kelishmovchiliklar sababli xavf ostida edi. O'zi Lindstrom «Shalke» bilan kelishuvga erishgan va nemis klubida karerasini davom ettirishni xohlaydi. Daniyalik futbolchi bosh murabbiy Miron Muslichning ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi.
Lindstrom 2023-yil yozida «Napoli»ga Frankfurtning «Ayntraxt»idan 30 million evro evaziga o'tgan. O'tgan mavsumda u «Volfbsburg»da ijarada o'ynadi (15 o'yin va 2 ogohlantirish), bu klub esa chempionat natijalariga ko'ra Bundersligadan chiqib ketdi.
Futbolchining bozor qiymati 4 million evro deb baholanmoqda.
