Footmercato ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi Vilhem Jebbel «Parij»dan ketishi mumkin. Bu potentsial transfer va majburiy xarid huquqi bilan ijarani o'z ichiga oladi.

Hujumchiga nemis «Verder», shuningdek, italiyalik «Lechche» va «Kalyari» qiziqish bildirgan. Ma'lum bo'lishicha, bremenliklar Parij klubiga dastlabki so'rov yuborgan.

Jebbelga noma'lum ispan klubi ham da'vogarlik qilmoqda. Kelgusi bir necha kun futbolchining kelajagi uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkin, deyiladi. Transfermarkt portaliga ko'ra, 24 yoshli futbolchining narxi 5 million evro deb baholangan. O'tgan mavsumda u 24 ta Ligue 1 o'yinida 5 gol urgan.