Konstantinos Karetzas Dortmundning «Borussiya» klubiga o'tishga yaqin. Gazzetta.gr ma'lumotlariga ko'ra, nemis klubi 18 yoshli yarimhimoyachining transferi bo'yicha «Genk» bilan asosiy kelishuvga erishdi.

Yana bir muzokaralar turidan so'ng, «Borussiya» taklifini yaxshilab, belgiyaliklar bilan murosaga erishdi. O'z navbatida, Karetzas Dortmund bilan besh yillik shartnomani allaqachon imzolagan.

O'yinchining yaqin kunlarda Germaniyaga borishi va jamoaga yozgi tayyorgarlikda qo'shilishi kutilmoqda. Bonuslar bilan birga, bitimning umumiy summasi 35 million yevrodan oshadi.

O'tgan mavsumda Karetzas 49 ta o'yinda maydonga tushib, 3 gol urdi va 18 assist berdi.