«Barselona» yaqinda Dortmundning «Borussiya»sidan qanot o‘yinchisi Karim Adeyemining transferi haqida e’lon qiladi.

24 yoshli futbolchi bugun «ko‘k-qizil»lar safida yangi o‘yinchi sifatida taqdim etiladi, bu haqda klub prezidenti Joan Laporta ma’lum qildi. Jurnalist Fabrizio Romano ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zi ham Adeyemi aynan «Barselona»ga o‘tishni talab qilgan.

«Men Angliyaga bormoqchi emasman, boshqa klublar meni qiziqtirmaydi, «Borussiya» bilan yangi shartnoma ham qiziqtirmaydi. Mening orzum - «Barselona». Meni «Barselona»ga o‘tkazing», - deya Adeyemining agenti Jorge Mendesga aytgan so‘zlarini manba keltirmoqda.

Nemis futbolchisi «shmel» jamoasi safida jami 146 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 gol urgan va 25 assist bergan.