Bivshiy himoyachi Londonning «Arsenal» va Germaniya terma jamoasining a'zosi Per Mertesacker Nemis Futbol Ittifoqida (DFB) lavozim olish imkoniyatiga ega.

Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, DFB Mertesacker bilan sport bo'yicha bosh direktor lavozimida ishlash uchun muzokaralar olib bormoqda. Per, yil oxirida iste'foga chiqadigan Andreas Rettigning o'rnini egallashi kutilmoqda. Mertesacker Nemis Futbol Ittifoqiga qo'shilishga tayyor va Yurgen Klopp bilan birga ishlashni xohlaydi.

Eslatib o'tamiz, Per Mertesacker o'zining sport faoliyatini 2018 yilda tugatgan. U nafaqat «Arsenal», balki «Gannover» va «Verder» jamoalarida ham o'ynagan. Germaniya terma jamoasi safida himoyachi 104 o'yin o'tkazib, to'rt gol urdi va 2014 yilda jahon chempioni bo'ldi.