«Bavariya»ning qanot o'yinchisi Maykl Olise, katta ehtimol bilan, bu yozda «Real»ga o'tmaydi.

Jurnalist Mario Korteqana ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubiga yaqin manbalar «suvli»lar bu yozda fransuzni qo'shib olishning imkoni yo'qligini bildirishdi.

Maykl Olise 2024 yilda «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga 53 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida fransuz Myunxen klubida barcha musobaqalarda 52 ta o'yin o'ynab, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Olisening narxi 150 million evro deb baholangan.