«Barselona»ning qanot o'yinchisi Runi Bardgji Dortmundning «Borussiya» klubi diqqatini tortmoqda.
Kataloniyalik klubda 20 yoshli futbolchiga asosiy tarkibda joy yo'q, shuning uchun joriy yozgi transfer mavsumida undan voz kechishga tayyor. Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, shved futbolchisi uchun da'vogarlarga «Borussiya» ham qo'shilgan. Runi hozirda to'liq transferdan ko'ra ijarani afzal ko'radi va mavjud variantlarni o'rganmoqda.
Bardgji bilan qiziqish bildirayotgan boshqa klublar orasida «Aston Villa», «Lids», «Sanderlend», «Portu», Lissabonning «Sporting», «Shtutgart» va boshqalar mavjud. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 15 million evro deb baholangan.




