Insayder Fabrizio Romano «Barselona»ning «Bavariya» markaziy himoyachisi Jonatan Ta'ga qiziqishi haqida ma'lumot berdi.
30 yoshli futbolchiga bo'lgan qiziqish haqida ma'lumot dushanba kuni paydo bo'ldi. Romano ma'lumotlariga ko'ra, «Bavariya» Ta'ni qishki transfer oynasida sotish imkoniyatini rad etmoqda. Yozda nima bo'lishi aniq emas, ammo yanvarda Myunxen klubi muhim futbolchisi bilan xayrlashmaydi, chunki u joriy mavsumda barcha sovrinlar uchun kurashishda yordam berishi mumkin deb hisoblaydi.
Jonatan Ta'ning Transfermarkt'dagi narxi 28 million evro. Markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
