Napadachi «Kyolna» Said El-Mala «PSJ»ning qiziqishi haqidagi mish-mishlar haqida fikr bildirdi. Avvalroq jurnalist Florian Plettenberg, futbolchining yaqin kelajakda ushbu klubga o‘tmasligini ma’lum qilgan edi.
«Bunday qiziqishni his qilishim meni xursand qiladi, bu katta klub. Haqiqatdan ham, men ham bu mish-mishlarni o‘qiganman, lekin ularga nima deb javob berishni bilmayman. Men futbol o‘ynashni, yaxshi natijalarga erishishni xohlayman. Shahar va jamoani xursand qilishni istayman. Keyin esa nima bo‘lishini ko‘ramiz», - dedi El-Mala Sky’ga bergan intervyusida.
Bildning ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ» nemis napadachisini jarohat olgan Xvicha Kvaratskhelia o‘rniga olishni ko‘rib chiqqan.
Bir necha oy avval El-Mala «Kyoln» bilan 2031 yilgacha shartnomani uzaytirdi. Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 9 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 assist berdi.
