Munxenning Bavariya jamoasining hujumchisi Garry Keyn «Oltin to'p»ni UEFA Chempionlar ligasi g'alabasi bilan almashtirishga tayyormi degan savolga javob berdi.

«O'ylaymanki, ha. Mening uchun doimo jamoaviy muvaffaqiyatlar muhimroq bo'lgan. Biz maydonga shuning uchun chiqamiz. «Oltin to'p» hayotdagi eng yaxshi lahzalardan biri. Ammo jamoa bilan umumiy g'alabani nishonlash – bu ajoyib his-tuyg'ular. Har kim Chempionlar ligasini yutishni xohlaydi», - deydi ingliz hujumchisi AS orqali.

UEFA Chempionlar ligasi 4-turida nemis grandi Madridning «Atletiko» jamoasi bilan uchrashadi. O'yin bugun, 3-noyabrda, Ispaniya poytaxtida bo'lib o'tadi.