Yozua Kimmix «Bavariya» jamoasining yarim himoyachisi, Dortmundning «Borussiya»siga qarshi (2:2) Bundesligada bo'lib o'tgan o'yindan so'ng intervyu berdi.
21 oktyabrda ma'lum bo'lishicha, o'yinchi otasini yo'qotgan. Bugun Yozua ushbu fojia sodir bo'lganidan so'ng birinchi marta maydonga chiqdi va o'yin oxirigacha o'ynadi.
«Albatta, bu men uchun juda, juda og'ir hafta bo'ldi. Maydonga qaytganimdan xursandman. Oson emasdi, lekin o'yin davomida kamida bir muddat hamma narsani unutishga muvaffaq bo'ldim.
Jamoamizda ko'plab jarohatlar bo'lganini ko'rganingizda, eng muhim narsa sog'liq ekanligini tushunasiz. O'ylaymanki, jamoa va murabbiy bilan bog'liq vaziyatni hisobga olganimizda, biz qiyin davrni boshdan kechiryapmiz. Shuningdek, men shaxsan o'tgan jarayonimni ham inobatga olish kerak. Biz birlashib, qanchalik qobiliyatli ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak», - deydi Kimmix Bayern & Germaniyaga.
«Bavariya» va «Borussiya» jamoalari 8 turdan so'ng 18 ochko bilan birinchi o'rinni bo'lishmoqda.
