Ataqchi yarimhimoyachi «Borussiya» Myonxengladbax Vael Moxiya «Barselona» va «Real»ning e'tiboriga tushdi. Buni El Nacional xabar qilmoqda.

Agar manbaga ishonilsa, ikki ispan klubi yosh talantga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, 17 yoshli nemis futbolchisi boshqa evropalik buyuk klublar, jumladan «Bavariya», «Liverpul», «PSJ» va Dortmundning «Borussiya»si tomonidan ham kuzatilmoqda. Myonxengladbaxda o'z futbolchisini kamida 35 million evroga baholashmoqda.

Ushbu mavsumda Moxiya barcha turnirlarda to'qqiz uchrashuvda ishtirok etdi, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.